Nima uchun bu muhim:
Asosiy oziq-ovqat va energiya narxlarining keskin oshishi aholining xarid qobiliyatini pasaytirmoqda. Bu inflyatsiya bosimini kuchaytirishi va kambag‘allik hamda turmush darajasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nima bo’ldi:
- Metan esa 36,2 foizga qimmatlashdi.
Mahsulotlardan eng tez o‘sganlari:
- paxta moyi +43,5%,
- karam +37,4%,
- kartoshka +36,5%,
- qo‘y go‘shti +32%,
- mol go‘shti +30,5%,
- kungaboqar moyi +28,9%.
Narxlar sezilarli darajada pasaydi:
- bodring – 37,7%,
- qovoq – 29,5%,
- olma – 23,7%,
- pomidor – 23,6%,
- guruch -16,7%,
- uzum -5,2%.
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan: faqat A4 qog‘oz va maktab daftarlari arzonlashdi (−6,7% va −1,4%), qolgani o‘sdi yoki avvalgi darajada qoldi.
Nima deyishdi:
Bankning ta’kidlashicha, inflyatsiya tabaqalashtirilgan xususiyatga ega — energetika va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarbalar eng kuchli, sanoat mahsulotlari va maishiy xizmatlar esa xotirjam.
Mohiyat:
Markaziy bank — barqarorlashtirish siyosati doirasida — ilgari pul massasi o‘sishini sekinlashtirdi va asosiy stavkani mustahkamladi, ammo oziq-ovqat va energiya narxlarining global dinamikasi mamlakat ichidagi narxlarga bosim o‘tkazishda davom etmoqda.