Yangiliklar ·

Anorbank aksiyadorlari foydani taqsimladi: dividendlar faqat imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanib, asosiy qismi zaxira fondiga yo‘naltirildi

Qahramonjon Olimov Parijdan qaytgach, Anorbank aksiyadorlarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda 2024-yil uchun sof foyda taqsimoti tasdiqlandi.

Nima uchun bu muhim:

Bank konservativ siyosatni davom ettirmoqda: deyarli barcha foyda zaxirada qoladi yoki taqsimlanmaydi — dividendlar faqat imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadi.

Kalit faktlar:

  • Umumiy foydalanishdagi zaxira fondiga 9,51 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
  • 139,51 mlrd so‘m — taqsimlanmagan foyda.
  • Shundan 12,5 mlrd so‘mi 2025-yilning II choragi uchun imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarga (nominal qiymatining 25 foizi) yo‘naltiriladi.

**Yana nimalarga kelishildi:

  • Boshqaruv va kuzatuv kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi.
  • Anorbank oddiy aksiyalari bilan RFB orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlar o‘tgan vaqt davomida atigi uchta bo‘lgan.

Kontekst:

Anorbank minimal erkin muomaladagi aksiyalarga ega bo‘lgan yopiq xususiy bank bo‘lib qolmoqda. Avvalroq bank egasining nomi atrofida salbiy xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, bank barqaror faoliyatini davom ettirmoqda va Grant Thornton hamda Ernst & Young auditorlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni saqlab qolmoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+