Nega bu muhim
Loyiha Andijonni Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi asosiy tranzit markaziga aylantirib, O‘zbekistonning eksport yo‘nalishlarini kengaytirishi mumkin.
Nima bo‘ldi
- Muzokaralar O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev va Mutiara Perlis direktorlar kengashi rahbari Shabaruddin Ibrohim o‘rtasida bo‘lib o‘tdi;
- Andijon viloyatida quruqlikdagi port qurish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Yangi transport yo‘laklari va temir yo‘l loyihalari muhokama qilindi:
- “Qashg‘ar — Torugart — Makmal — Jalolobod — Andijon”;
- Transafg‘on magistrali;
- Mutiara Perlis kompaniyasi vakillari loyihani o‘rganish va hamkorlikni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Nima deyildi
Uchrashuv ishtirokchilari Malayziya kompaniyasining logistika va energetika sohasidagi tajribasi xalqaro tashuvlarda o‘z mavqeini mustahkamlashga intilayotgan O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Mohiyat
Mutiara Perlis Sdn Bhd 2018-yilda Perlis shtatida (Malayziya) DXSH sifatida tashkil etilgan. Kompaniya logistika va energetika sohasida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirmoqda.