Yangiliklar ·

AQSH Serjio Gorni Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi hamraisi etib tayinladi

AQSH Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchi Serjio Gor yaqinda tashkil etilgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlar va investitsiyalar kengashiga hamrais etib tayinlanganini ma’lum qildi. O‘zbekiston tomonidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrais bo‘ldi.

Nega bu muhim

Kengash rahbarlarining tashkil etilishi va tezkor tayinlanishi ikkala mamlakatning iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda Amerika ishtirokini kuchaytirish va asosiy tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istagini aks ettiradi. Bu Toshkent va Vashington sheriklikning faol ishbilarmonlik bosqichiga tayyor ekanining belgisidir.

Nima bo‘ldi

  • AQSH Serjio Gorni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-6 noyabr kunlari Vashingtonga C5+1 formati doirasida tashrifi chog‘ida ta’sis etilgan kengashning hamraisi etib rasman tayinladi.
  • Kengash AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi investitsiya va eksport imkoniyatlarini, ayniqsa, IT va raqamli sohalarda kengaytirishga qaratilgan.
  • O‘zbekiston tomonidan Saida Mirziyoyeva hamrais bo‘ldi.
  • Serjio Gor oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashgandi.

Mohiyat

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ushbu institut orqali yangi yo‘nalishga ega bo‘lib, Vashingtonning Markaziy Osiyoga bo‘lgan strategik qiziqishini ta’kidlaydi. Kengash AQSH kompaniyalari va texnologiyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini tizimlashtirish va ikki tomonlama biznes tashabbuslari uchun asos yaratish imkonini beradi.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+