Nega bu muhim
Loyiha O‘zbekistonda ishlab chiqarish va texnologiyalarni chuqur mahalliylashtirish strategiyasini aks ettiradi. Mashina birinchi bo‘lib sun’iy intellektni milliy til xususiyatlariga moslashtirdi.
Nima bo‘ldi
- UzPride Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory zavodida yig‘ildi, deb yozadi Gazeta.uz;
- 17 ta butlovchi qismlar (bamperlar, oynalar, o‘rindiqlar, shovqin izolyatsiyasi va boshqalar) mahalliylashtirilgan;
- Ilk bor o‘zbek tilida 1,5 mln nutq yozuvlariga o‘qitilgan SI-assistent joriy etildi;
- Assistent turli sheva va talaffuzlarni tushunadi, foydalanish jarayonida o‘rganadi;
- Modelni ishlab chiqish rejalashtirilgan 3 yil o‘rniga 14 oy davom etdi;
- Loyihada mahalliy hamkorlar ishtirok etdi: Avtooyna, Uzdongyang, Uz-Koram-Co, O‘zAuto-Austem va boshqalar;
- Kompaniya O‘zbekistonda Bao 5 va Bao 8 yo‘ltanlamaslarini (2025-yil oxiri — 2026-yil boshi) ishga tushirishni ko‘rib chiqmoqda.
Nima deyildi
Ivan Sao, BYD Central Asia:
“Mahalliy avtomobillar, mahalliy ishlab chiqarish, mahalliy til, mahalliy moliyalashtirish va xizmat ko‘rsatish — bular loyihani chinakam mahalliy qiladi”.
Mohiyat
O‘zbekiston mintaqada Xitoyning elektromobillari va gibridlarini ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy markazlardan biriga aylanmoqda. Bu hukumatning “yashil transport”ni rivojlantirish va avtosanoatni mahalliylashtirish strategiyasiga mos keladi.