Yangiliklar ·

CitiBank Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi

Citigroup`ning Turkiyadagi bo‘linmasi Toshkentda o‘z vakolatxonasini rasman ochdi. Ishga tushirish uchun ruxsatnoma iyul oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan berilgan edi.

Nima uchun bu muhim:

Bu mamlakatning moliya institutlari va davlat organlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi qadamdir. Global o‘yinchi ofisining ochilishi xalqaro investorlarning O‘zbekiston moliya bozori va undagi islohotlarga qiziqishini tasdiqlaydi.

Nima bo’ldi:

  • Toshkentda Citibank AS vakolatxonasi rasman ochildi.
  • Akreditatsiya to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank tomonidan 2025-yil 14-iyulda qabul qilingan.
  • Ofis bozorni o‘rganish, davlat organlari va moliyaviy tuzilmalar bilan aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, ammo aholi bilan bank operatsiyalarini amalga oshirmaydi.
  • Vakolatxona uch yillik litsenziya asosida — 2028-yil iyulgacha faoliyat yuritadi.
  • Ofis rahbari — Abbos Jo‘raboyev.

Nima deyishdi:

Grant Karson, CitiBank vakili: “Ushbu yangi bob bizga mijozlar va hamkorlarga yanada yaqinroq bo‘lish, global imkoniyatlardan foydalanish va doimiy o‘zgaruvchan bozor sharoitida yo‘nalish olishga yordam beradi”.

Mohiyat:

  • 2023-yil sentyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Citigroup rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
  • 2025-yil iyun oyida O‘zbekiston investitsiyalar vaziri Citigroup bilan mahalliy bozorda ishtirok etishni kuchaytirishni muhokama qildi.
  • CitiBank JP Morgan, Commerzbank, Gazprombank va boshqalar qatorida O‘zbekistonda akreditatsiyadan o‘tgan sakkizinchi xorijiy bank bo‘ldi.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+