Nega bu muhim
Etihad BAAning O‘zbekiston bozoriga kirish huquqini qo‘lga kiritgan ikkinchi flagman aviatashuvchisi bo‘ladi. Bu yo‘nalishda raqobatni kuchaytiradi va parvozlar narxini pasaytirishi, shu bilan birga sayyohlar oqimi va biznes aloqalarini kengaytirishi mumkin.
Nima bo‘ldi
- Etihad Airways aviakompaniyasi Abu-Dabi—Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi uchun ruxsatnoma oldi.
- Parvozlarda bir necha modifikatsiyadagi Airbus A320 va A321 samolyotlaridan foydalaniladi.
- Parvozlar 2026-yil 17-martdan boshlanadi, chastotasi haftasiga 6 ta reys.
- Iyul oyida Etihad Yevroosiyoning 7 ta shahriga, jumladan, Olmaota, Tbilisi, Yerevan, Boku, Buxarest va Madinaga chiqishini e’lon qildi.
- Ilgari yo‘nalishda haftasiga 2 ta reysni amalga oshiruvchi Air Arabia Abu Dhabi sho‘ba aviatashuvchisi faoliyat yuritgan.
Nima deyildi
Etihad O‘zbekiston postsovet va Yaqin Sharq bozorlarida yuk tashishni kengaytirish strategiyasida muhim yo‘nalishga aylanayotganini ta’kidladi.
Fuqaro aviatsiyasi agentligining ta’kidlashicha, yirik aviakompaniyalarni jalb qilish mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi.
Mohiyat
Etihad Airways BAAning ikkinchi milliy aviatashuvchisi bo‘lib, 120 dan ortiq yo‘nalishlarga parvozlarni amalga oshiradi va 107 ta samolyotga ega. So‘nggi yillarda O‘zbekistonga yangi o‘yinchilar faol kirib kelmoqda: Centrum Air 2025-yil oktyabr oyida Toshkent—Kopengagen reyslarini ochdi, Turkish Airlines va Qatar Airways esa jadvalni kengaytirdi.
O‘zbekiston hukumati turizmni rivojlantirish va mamlakatni mintaqaviy xabga aylantirish strategiyasini aks ettiruvchi aviatsiya bozori ochiqligini izchil oshirib bormoqda.