Yangiliklar ·

Halyk Bank barcha o‘zbek banklaridan ko‘proq daromad oldi

Qozog‘istonning eng yirik banki — Halyk 2025-yilning birinchi yarmida $878 mln foyda ko‘rdi. Bu O‘zbekistonning butun bank sektoridan 71 foizga ko‘pdir.

Nega bu muhim

Moliyaviy tafovut bank sektoridagi ko‘lam va samaradorlik farqini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Halyk O‘zbekistondagi mavqeini faol ravishda mustahkamlamoqda — Click`dan ulush sotib olish va Tenge Bank’ni rivojlantirish orqali.

Nima bo‘ldi

  • Halyk Bank`ning yanvar-iyun oylaridagi sof foydasi — 473,9 mlrd tenge (877,9 mln dollar).
  • O‘zbekistondagi barcha banklarning foydasi — 6,5 trln so‘m (513 mln dollar).
  • Iyul oyida Halyk 49% Click`ni 176,4 million dollarga sotib oldi — bu O‘zbekistondagi eng yirik fintech bitimlaridan biri.
  • Click platformasi va Tenge Bank mustaqil tuzilmalar sifatida Halyk brendi ostida ishlashda davom etadi.

Nima deyildi

  • Halyk Click bilan kelishuvni mintaqada raqamli ekotizimni kuchaytirish bo‘yicha “strategik qadam” deb atamoqda.

Mohiyat

  • Halyk 37,5 milliard dollarlik aktivlarni boshqaradi va Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.
  • O‘zbekiston Qozog‘istonning bank ekspansiyasi uchun asosiy bozorga aylanmoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+