Yangiliklar ·

HET Toshkentda chiroq o‘chishini qishga tayyorgarlik va jazirama tufayli yuz bergan avariyalar bilan izohladi

Tariflar oshganiga qaramay, uzilishlar odatiy holga aylandi — kompaniya iste’molchilarni tez-tez va aniqroq xabardor qilishga va’da bermoqda.

Nima bo’ldi:

“Hududiy elektr tarmoqlari” Spot nashri tomonidan e’lon qilingan materialdan so‘ng elektr ta’minotidagi uzilishlar haqidagi ommaviy shikoyatlarga izoh berdi.

Asosiy faktlar:

  • Uzilishlar qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun tarmoqlarni ta’mirlash va yangilash bilan bog‘liq.
  • Bundan tashqari, issiqda avariyalar tufayli uzilishlar yuzaga kelmoqda — yuklama ortib bormoqda, tarmoqlar bardosh bera olmayapti.
  • Barcha rejalashtirilgan ishlar davlat dasturlari va qarorlari bilan muvofiqlashtirilgan.
  • HET o‘chirishlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida e’lon qilishga va’da berdi.

Nima deyishdi:

“Biz iste’molchilarga yetkazilayotgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, rejaviy o‘chishlar haqida aholini xabardorligini yanada oshirish choralari ko‘rilishni ma’lum qilamiz”, — deya ta’kidlanadi kompaniya bayonotida.

Kontekst:

Yozda va qishda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar Toshkent uchun odatiy holat. Tariflar oshishi fonida bu aholi o‘rtasida tobora ko‘proq savollarni keltirib chiqarmoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+