Nima uchun bu muhim:
Raqamlashtirish moliyaviy nazoratni kuchaytiradi. Vaziyat markazlarini kengaytirish va “Xalq nazorati” platformasini ishga tushirish fuqarolarni jalb qiladi va byudjet yo‘qotishlarini minimallashtiradi.
Nima bo’ldi:
2025-yil yanvar-iyun oylarida Hisob palatasi tekshiruvlari natijasida:
- 5,6 trln so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan;
- daromadlarning qo‘shimcha zaxiralari aniqlandi — 5 trln so‘m;
- masofaviy audit orqali 4 trln so‘mlik moliyaviy kamchiliklar bartaraf etildi.
Rejalashtirilmoqda:
- nazorat jarayonlariga sun’iy intellektni joriy etish;
- vaziyat markazlari tizimini yana 10 ta davlat organiga kengaytirish (hozir — 12 ta);
- byudjet tashkilotlarida ichki audit va nazoratni takomillashtirish.
“Xalq nazorati” platformasi rivojlantirilmoqda:
- barcha hududlarni qamrab olish;
- vazirliklar va hokimliklarning ulanishi;
- koll-markazlar va vertikal nazorat tizimini yaratish.
Nima deyishdi:
“Hisob palatasi nafaqat nazoratchi, balki byudjet intizomini ta’minlashga ko‘maklashuvchi hamkorga aylanmoqda”, — deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Mohiyat:
- Xalqaro audit standartlari joriy etilmoqda — shu jumladan tashqi moliyalashtiriladigan loyihalar uchun ham.
- Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
- Prezident tizimni raqamlashtirishni ma’qullab, barcha darajadagi nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.