Nega bu muhim
Kelishuv O‘zbekiston va Indoneziya aviakompaniyalari uchun yangi yo‘nalishlar ochadi, transport va turizm hamkorligini, jumladan, ziyorat dasturlari va eksport tashuvlarini mustahkamlaydi.
Nima bo‘ldi
- O‘zbekiston aviakompaniyalari nafaqat Jakarta va Baliga, balki Denpasar, Surabaya, Medan, Yogyakarta, Lombok va Indoneziyaning boshqa yirik shaharlariga ham parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
- Indoneziya aviatashuvchilari endilikda O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga yo‘lovchi va yuk tashish hajmi bo‘yicha cheklovlarsiz parvozlarni amalga oshirishlari mumkin.
- Aviakompaniyalar soni va yuk-yo‘lovchi kvotasi bo‘yicha avvalgi cheklovlar olib tashlanib, aviaqatnovlarda uchinchi-beshinchi darajali erkinliklar joriy etildi.
Nima deyildi
Ikki mamlakat transport vazirliklari sayyohlar oqimining (jumladan, ziyorat turizmi) o‘sishi, yuk yo‘nalishlarining rivojlanishi va ikki tomonlama logistikaning mustahkamlanishini kutmoqda.
Mohiyat
- O‘zbekistonlik aviatashuvchilar Indoneziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni boshladi — Qanot Sharq birinchi marta 2025-yil 1-iyulda Denpasarga yo‘lovchilarni taxminan 10 kunda bir marta muntazam ravishda olib chiqdi.
- Uzbekistan Airways Toshkent-Jakarta reyslarini 2023-yil aprel oyidan (haftasiga bir marta) tanaffusdan so‘ng qayta tikladi, biroq keyin 2025-yil mart oyidan boshlab to‘xtatdi.