Bu nega muhim: Yo‘qotishlar YaIMning 5,7% gacha qismini tashkil etadi. O‘zbekiston jahon texnologik xizmatlarining 87 foizi uchun yopiqligicha qolmoqda. Qattiq qoidalar bulutli yechimlar va sun’iy intellektni joriy etishni qiyinlashtiradi, raqamli transformatsiya va iqtisodiyotning o‘sishini sekinlashtiradi.
Nima bo’ldi:
- O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichidagi serverlarda majburiy mahalliylashtirish talabi amal qilmoqda.
- Bu qoida xarajatlarni oshiradi, bozorning jozibadorligini pasaytiradi va xalqaro bulutli xizmatlardan foydalanishni cheklaydi.
Yillik zarar 4,2 milliard dollarga baholanmoqda, shundan:
- e-commerce — $1,25 mlrd gacha
- bank sektori — $1,17 mlrd gacha
- IT va startaplar — 975 million dollargacha
- fintex — $825 mln gacha
- PayPal, Stripe, Netflix, Spotify, AWS, Microsoft Azure kabi global brendlarning 87 foizi bozorga chiqmayapti.
- 3 yil ichida mamlakat 1,35 milliard dollargacha sarmoya yo‘qotdi.
Mohiyat:
- Zamonaviy sun’iy intellekt modellarining aksariyati bulutli infratuzilmani talab qiladi — mahalliylashtirish cheklovlari “AI-2030” kabi tashabbuslarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.
- 2018-yilda Qozog‘iston ma’lumotlarni farqlash va tartibga soluvchi qumdonlarni joriy etish orqali qoidalarni yumshatdi — raqamli iqtisodiyotning ulushi YIMning 5,9 foizigacha o‘sdi.
Nima taklif qilinadi:
- Ma’lumotlarni sezgirlik bo‘yicha ajratish.
- Fizik lokalizatsiyani “adekvat himoya” tamoyiliga almashtirish.
- O‘tish davri va tajribalar uchun “qumdonlar”ni kiritish.
- Kutilayotgan samara: 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotning +2,5 foizi, 2,8 milliard dollargacha investitsiyalar, +35 ming ish o‘rni.