Nega bu muhim
Dastur yuqori texnologiyali sohalarda professional ko‘nikmalarga va ixtisoslashtirilgan ma’lumotga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun rasmiy ishga joylashish imkoniyatini yaratadi. E-7 vizalari Janubiy Koreyada qonuniy asosda va qulayroq sharoitlarda ishlash imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin
Dastur quyidagi soha mutaxassislariga mo‘ljallangan:
- sun’iy intellekt
- robototexnika
- yarimo‘tkazgichlar
- biotexnologiyalar
- energetika
- oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati
- kelajakning mobil texnologiyalari
Ishtirok etish shartlari:
- bakalavr/magistr diplomi + 1 yillik ish tajribasi
- diplom + TOPIK 2 yoki KIIP sertifikati
- 3 yillik tajriba + TOPIK 3 sertifikati
- oxirgi kurs bitiruvchilari + TOPIK 2 yoki KIIP
Mohiyat
Avvalroq tomonlar mavsumiy ishchilar uchun E-8 vizasi bo‘yicha qabulni ham yo‘lga qo‘ygan edi. E-7 dasturi nomzodlarning yuqori malakasi bilan ajralib turadi va uzoq muddatli ish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.
Keyin nima bo‘ladi
Kyonsan-bukdo hujjatlarni tanlash va rasmiylashtirishni tashkil qiladi. Mutaxassislarni O‘zbekistonda tayyorlash va keyinchalik ishga joylashtirish ham ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, KIA Auto bilan avtomobil mutaxassislarini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilinmoqda.