Nega bu muhim
Loyiha shahar infratuzilmasi va dam olishni o‘zgartiradi, biznes va turizm uchun joy ochadi. Tungi iqtisodiyot bandlik va sayyohlarni jalb qilishning yangi drayveriga aylanishi, shuningdek, shahar muhiti sifatini oshirishi mumkin.
Nima bo‘ldi
2030-yilgacha kun-u tun ishlaydigan 320 ta ko‘cha va hududlarni tashkil etish rejalashtirilgan;
ularda 8 ming kafe va restoranlar hamda 14,2 ming savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashtiriladi;
har yili 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari va 190 ming nafargacha turistlar kelishi kutilmoqda;
ko‘chalar dam olish kunlari kechayu kunduz yoki har kuni soat 9:00 dan 3:00 gacha ishlaydi;
tezlik (20 km/soat), to‘xtash joylari va tungi avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha cheklovlar joriy etiladi;
har bir zona tanlov asosida boshqaruv kompaniyasiga biriktiriladi;
nazorat: “Xavfsiz shahar” videokuzatuvi, IIV va Milliy gvardiya patrullari.
Mohiyat
Loyiha MDH, YI va Osiyo tajribasi asosida ishlab chiqilgan. O‘zbekiston tungi iqtisodiyot orqali kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish va sayyohlar oqimini oshirishga umid qilmoqda. Dunyoning yirik shaharlarida (Berlin, Seul, London) tungi zonalar ko‘p millionli aylanmalarga ega bo‘lgan iqtisodiyotning alohida segmentiga aylandi.