Yangiliklar ·

Markaziy bank narxlar monitoringi platformasini ishga tushirdi

Foydalanuvchilar 30 turdagi mahsulot narxlari va inflyatsiya dinamikasini onlayn kuzatib borishlari mumkin.

Nega bu muhim

Narxlar monitoringi yagona platformasining ishga tushirilishi tovarlar qiymati va inflyatsiya haqidagi ma’lumotlar shaffofligini oshiradi. Bu biznes va aholiga qaror qabul qilish uchun dolzarb ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi. Ochiqlikning oshishi regulyatorga narxlar dinamikasini samaraliroq kuzatish va o‘zgarishlarga tezkor javob berishga yordam beradi.

Nima bo‘ldi

  • Markaziy bank Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida narxlarni monitoring qilish uchun narxtahlil.uz platformasini ishga tushirdi.
  • Platformada asosiy mahsulotlar narxlari, inflyatsiya va aholining kutilmalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan.
  • Foydalanuvchilar narxlar o‘zgarishini viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida kuzatishlari mumkin.

Raqamlar va faktlar

  • Platformada respublika, viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida 30 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha haftalik narxlari taqdim etilgan.
  • Shuningdek, narxlarning o‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarishi hamda iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beriladi.
  • Bundan tashqari, inflyatsion kutilmalar hamda aholi va tadbirkorlar tomonidan sezilayotgan inflyatsiya bo‘yicha infografikalar e’lon qilinmoqda.

Mohiyat

  • Biznes uchun bu rasmiy ma’lumotlarga asoslanib narxlarni tahlil qilish va xaridlarni rejalashtirishni osonlashtiradi.
  • Aholi uchun narxlar dinamikasini kuzatish va inflyatsiyani baholash imkonini beruvchi vosita paydo bo‘ladi.
  • Regulyator uchun esa bu monitoringni kuchaytirish va bozor bilan kommunikatsiyani kengaytirish imkonini beradi.

Последние новости

Shuningdek o‘qing

Materiallardan foydalanilganda Frank saytiga havola ko‘rsatilishi shart.

18+