Nima uchun bu muhim:
Loyihaviy moliyalashtirish va risklarni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash bank tizimini mustahkamlaydi, xalqaro standartlarni joriy etishga va O‘zbekistonda yangi moliyaviy vositalarni jalb qilishga yordam beradi.
Nima bo’ldi:
- Dastur eskrou-tizimlar, auditning xalqaro yondashuvlari va bank muhitida risklarni boshqarish bilan ishlashni o‘z ichiga olgan.
- Amaliy mashg‘ulotlar Britaniya voqeligida eskrou, loyihaviy moliyalashtirish, sug‘urta, qurilishdagi xatarlarni boshqarish xususiyatlarini qamrab oldi.
- Ishtirokchilarga sertifikatlar elchixonada MBF Academy — treninglar tashkilotchisi nomidan elchi Ravshan Usmonov va professor Xurshid Jalilov ishtirokida topshirildi.
Nima deyishdi:
Elchi va MBF Akademiyasi rahbariyatining ishtiroki dasturning maqomi va bank mutaxassislarining kasbiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini ta’kidlaydi.
Mohiyat:
- MBF Academy — O‘zbekiston banklari uchun xalqaro moliyaviy ta’lim va malaka oshirish dasturlariga ixtisoslashgan Britaniya platformasi.
- Bu dasturning 10-dan ortiq tadbiri bo‘lib, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun uzluksiz ta’lim tashabbusidir.
- Eskrou-mexanizmlarini o‘zlashtirish qurilish va infratuzilma loyihalarida loyihaviy moliyalashtirishni joriy etish uchun shart-sharoit yaratadi.