Nega bu muhim
Yangi ko‘chalar va 24/7 nuqtalar formati sayyohlar va kichik biznesni o‘ziga jalb qilmoqda. Shahar sayyohlar oqimini qariyb 4 barobar oshirishni mo‘ljallamoqda.
Nima bo‘ldi
- Gastro ko‘chada — 90 ta muassasa (45 ta yangi);
- Hudud favvoralar, yoritish va landshaft dizayni bilan jihozlangan;
- Yillik turistik oqim — 255 ming kishi, maqsad — 1 mln;
- Yana 26 ta tunu kun ishlaydigan sayyohlik ko‘chalarini ochish va 24/7 rejimida ishlaydigan muassasalar sonini 1000 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Mohiyat
- Gastro ko‘chalar va piyodalar zonalari — shahar yangi dizayn-kodining bir qismi;
- Kichik biznes daromadlarini oshirish va shahar muhitini rivojlantirish maqsadida 24 soatlik sayyohlik ko‘chalari tendensiyasi yo‘lga qo‘yildi.