Yangiliklar ·

Mirziyoyev: Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li Transafg‘on koridori bilan bog‘lanadi

“SHHT plyus” uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘lini Transafg‘on transport yo‘lagi bilan integratsiya qilish rejalarini ma’lum qildi va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Nega bu muhim

Ikki strategik yo‘nalishning o‘zaro bog‘lanishi Markaziy Osiyoni SHHTning muhim tranzit markaziga aylantirib, Janubiy Osiyo portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradi. Bu logistika xarajatlarini kamaytirib, tovar ayirboshlashni tezlashtiradi.

Nima bo‘ldi

Mirziyoyev SHHT mamlakatlariga quyidagilarni taklif qildi:

  • savdo to‘siqlarini bartaraf etish va standartlarni yaqinlashtirish;
  • sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rag‘batlantirish;
  • “SHHT Invest” yillik investitsiya forumini o‘tkazish tashabbusi bildirildi — birinchisi 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan;
  • Prezident SHHT makonida yagona transport tarmog‘ini yaratish muhimligini ta’kidladi;
  • Istiqbolda Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li Transafg‘on koridori bilan bog‘lanadi;
  • Texnologiya sohasida Mirziyoyev bilim almashish va texnologiyalar transferi uchun SHHTning innovatsion-texnologik xablari tarmog‘ini yaratishni taklif qildi.

Nima deyildi

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti:

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston yo‘nalishining Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lanishi SHHTning yagona transport tarmog‘ini shakllantirishga xizmat qiladi”.

Mohiyat

SHHT mamlakatlari Rossiya orqali an’anaviy yo‘nalishlarga qaramlikni kamaytirish uchun transport loyihalarini kuchaytirmoqda. Transafg‘on yo‘lagi Hindiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga chiqish uchun muqobil yo‘l sifatida ko‘rilmoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+