Yangiliklar ·

“Ochiq muloqot” arafasida prezident tadbirkorlarni orden va medallar bilan taqdirladi

Biznes vakillari bilan navbatdagi “Ochiq muloqot” arafasida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, yetakchi kompaniyalar rahbarlari va ta’sischilarini orden va medallar bilan taqdirladi.

Nima bo‘ldi

An’anaga ko‘ra, davlat rahbari “Ochiq muloqot” oldidan xususiy sektor vakillarining iqtisodiyot, eksport va innovatsiyalarni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etadi. Mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston biznesining taniqli vakillari va xorijiy kompaniyalar vakillari bor.

Mukofotlanganlar orasida:

  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoniga Kamol Abdulloyev (Sam Antep Gilam), Farhod Mamajonov (Uztex) va Zafar Hoshimov (Anglesey Food) sazovor bo‘ldi.
  • “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni Jahongir Artiqxo‘jayevga (Akfa Group) topshirildi.
  • “Mehnat shuhrati” ordeni Chartak Mineral Water, Leichter Kamalak Textilien, Meridian Tempo va N’medov guruhi ta’sischilariga topshirildi.
  • “Do‘stlik” ordeni — Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev (Grand Pharm Trade), Nikoloz Kurdiani (TBC Bank, Gruziya), shuningdek, yana bir qator tadbirkorlar.
  • “Shuhrat” medali — Ulug‘bek Rustamov (Click), Olga Numanova (InFinBank), Saidazim Burxanxodjayev (ITF Group, AQSH) kabi 15 dan ortiq tadbirkorlar.

Farmonda tadbirkorlarning iqtisodiyotni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va ish o‘rinlarini yaratishga qo‘shayotgan hissasi qayd etilgan.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+