Nima uchun bu muhim:
Omborlardagi ortiqcha miqdor Damas’ning rekord darajadagi ishlab chiqarilishi va umumiy ishlab chiqarishning barqaror o‘sishiga qaramay, ma’lum modellarga bo‘lgan talabning zaifligi va moliyaviy yo‘qotishlar xavfini ko‘rsatadi.
Nima bo’ldi:
- Tracker — 22 847 (+6,3 foiz), Onix — 17 249 (−1 foiz) → jami 40 096 dona ishlab chiqarilgan.
- Tracker + Onix sotildi — atigi 25 000 ga yaqin, + eksport, + omborlarda 9 000 dona.
- Cobalt, Tracker, Onix yengil avtomobillarining umumiy ishlab chiqarilishi 124 242 donadan 113 198 donaga tushdi.
- Umumiy ishlab chiqarishning o‘sishi (+5,5%) Damas mikroavtobuslari bilan ta’minlandi: 45 992 dona avtomobil ishlab chiqarildi (+18,1%).
Nima deyishdi:
Avtostrada yengil avtomobillar savdosi 8,8 foizga kamayganini va UzAuto Motors’ning yengil avtomobil segmentidagi ulushi raqobatchilar foydasiga 75 foizgacha pasayganini qayd etmoqda.
Mohiyat:
- 2025-yilning 1-5 oylarida UzAuto Motor 76 095 ta avtomobil yetkazib berib, bozorning 55,9 foizini egalladi, biroq sotuvlar kamaydi — Kia, BYD va boshqa brendlarning o‘sishi tezlashmoqda.
- Kompaniya talabni rag‘batlantirish uchun Onix, Tracker va Damas modellari uchun 0% boshlang‘ich to‘lov (20%) bilan imtiyozli muddatli to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.