Nima uchun bu muhim:
Profil daromadlarining pasayishi fonida foydaning o‘sishi aktivlarni samarali boshqarish va investitsiya portfelining o‘sishini ko‘rsatadi — ayniqsa qisqa muddatli.
Nima bo’ldi:
- I yarim yillikdagi foyda: 29,4 mlrd so‘m (2024-yilga nisbatan +20,7%).
- Sug‘urta xizmatlaridan olingan daromadlar: 233,6 mlrd so‘m (-3,5%).
- Qisqa muddatli investitsiyalar 9 foizga o‘sib, 915,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
- Uzoq muddatli investitsiyalar — 1,7 foizga o‘sib, 573,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mohiyat:
“O‘zbekinvest” — mamlakatdagi eng yirik sug‘urtalovchilardan biridir. Yuqori raqobat va tariflarga bosim sharoitida kompaniya aktivlarni diversifikatsiya qilish va xarajatlarni optimallashtirish orqali foydani oshirishga muvaffaq bo‘lmoqda.