Nega bu muhim
Afg‘oniston 1000 MVtgacha O‘zbekiston elektr energiyasini import qilishi mumkin, bu sanoat va aholi uchun juda muhim. DABS bosh direktori Abdul Bari Omarning so‘zlariga ko‘ra, loyiha “minglab ish o‘rinlari”ni yaratadi va mamlakatni sanoat mustaqilligiga yaqinlashtiradi. O‘zbekiston uchun bu mintaqaviy energiya eksportchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlashdir.

Foto: Da Afghanistan Breshna Sherkat
Bitim tafsilotlari
- 17-avgust kuni Da Afghanistan Breshna Sherkat va “O‘zenergosotish” kompaniyasi to‘rtta loyiha bo‘yicha shartnoma imzoladi.
- Surxon — Dashti-Alvan EUL qurilishi;
- Argandi podstansiyasini kengaytirish;
- Kobul — Shayx-Masri elektr uzatish liniyasi qurilishi;
- Shayx-Masri podstansiyasini qurish;
- Investitsiyalarning umumiy summasi — $243 mln;
- Amalga oshirish muddati — 1,5 yil.
Mohiyat

Foto: Da Afghanistan Breshna Sherkat
Muzokaralarda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” rahbari ishtirok etdi. Mirzamahmudov nafaqat energetika, balki qishloq xo‘jaligi, geologiya, sanoat, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohalarida ham tajriba almashishga tayyorligini bildirdi. Afg‘oniston tomoni qurilishning yuqori tezligi va sifati zarurligini ta’kidladi.