Nega bu muhim
Loyihalar Afg‘oniston bilan energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, O‘zbekiston elektr energiyasi eksportini ta’minlaydi va ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi uchun sharoit yaratadi.
Nima bo‘ldi
- 500 kV kuchlanishli Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i;
- Dashti Alvon va Argandi podstansiyalarini kengaytirish;
- 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini Shayx Mesri podstansiyasigacha uzaytirish va modernizatsiya qilish;
- Imzolarni O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “O‘zenergosotish” rahbari o‘rinbosari Shohrux Qoraboyev qo‘ydi.
Mohiyat
Iyul oyida Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish va mahsulotlar tranzitini muhokama qilgan edi.
Avvalroq O‘zbekiston 1 GVt quvvatni eksport qilish uchun Afg‘oniston energetikasiga yana 243 mln dollar sarmoya kiritish rejalari haqida xabar berilgan edi. Istiqbolda – Transafg‘on temir yo‘li va sanoat obyektlari qurilishida ishtirok etish.