Nima uchun bu muhim:
Ortiqcha valyuta taklifi so‘mga bosimni kamaytiradi va ichki bozorda barqarorlikni saqlaydi.
Nima bo’ldi:
- Valyuta bilan barcha operatsiyalar hajmi — $14,5 mlrd (+24% o‘tgan yilga nisbatan);
- banklar aholidan $9,1 mlrd (+27 foiz) sotib oldi;
- aholiga $5,4 mlrd (+18%) sotilgan;
- farq — $3,7 mlrd banklar foydasiga;
- Operatsiyalarning 58 foizi ayirboshlash shoxobchalari, 41 foizi onlayn, 1 foizi 24 soat ishlaydigan bankomatlar orqali amalga oshirilgan.
Nima deyishdi:
Markaziy bankning fikricha, aholi tomonidan valyuta sotuvining o‘sishi pul o‘tkazmalarining kirib kelishi va so‘m kursining mustahkamlanishi bilan bog‘liq. Onlayn almashuv tobora ommalashib bormoqda.
Mohiyat:
2020-yildan boshlab O‘zbekiston valyuta bozori to‘liq erkinlashtirildi. Aholi valyuta operatsiyalari bo‘yicha onlayn xizmatlardan faol foydalanmoqda.