Nima uchun bu muhim:
Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi Rossiyaga muqobil bo‘lgan yangi logistika yo‘nalishining bir qismidir. Gruziyaning jalb qilinishi yo‘nalishning multimodal salohiyatini kuchaytiradi va Janubiy Kavkazning tranzit ahamiyatini mustahkamlaydi.
Nima bo’ldi:
- 23-iyul kuni Tbilisida O‘zbekiston va Gruziya Transport vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
- Ilhom Mahkamov Tbilisiga Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston loyihasiga qo‘shilishni taklif qildi.
- Bo‘lajak yo‘nalishni O‘rta yo‘lakka (Trans-Kaspiy xalqaro transport yo‘nalishi) integratsiya qilish masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralar mavzulari:
- Temir yo‘l va avtotransportni rivojlantirish;
- Gruziya dengiz portlaridan multimodal sxemalarda foydalanish;
- Ikki mamlakatning sayyohlik markazlari o‘rtasida aviaqatnovlarni ko‘paytirish.
Mohiyat:
Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi asosiy infratuzilma loyihasidir. Gruziyaning qo‘shilishi Kaspiy va Qora dengiz orqali Yevropaga chiqish yo‘lagining imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu, shuningdek, mintaqaning Rossiya orqali o‘tadigan shimoliy logistika yo‘nalishlariga qaramligini kamaytiradi.