Nega bu muhim:
Tashabbus xorijiy IT-mahsulotlarga qaramlikni kamaytirishi, mahalliy ishlab chiquvchilar uchun talab yaratishi va bozorni Rossiya va Xitoydagi kabi o‘sishga undashi mumkin.
Nima bo‘ldi:
- 7-iyul kuni Savdo-sanoat palatasining IT-kompaniyalar va davlat buyurtmachilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
- IT-bozor vakillari sohani qo‘llab-quvvatlash sustligi va yirik davlat kompaniyalari (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, NKMK, Uzbekistan Airways) tomonidan mahalliy qarorlar e’tiborsiz qoldirilayotganidan shikoyat qilishdi.
- Raqamli texnologiyalar vazirligi davlat muassasalariga dasturiy ta’minotni xarid qilishda avval mahalliy analoglarni ko‘rib chiqish majburiyatini yuklaydigan hujjatni ishlab chiqmoqda.
- Tashabbuskorlar mahalliy dasturiy ta’minot reyestrini tuzish va akkreditatsiya mexanizmini ishga tushirishni taklif qilmoqda.
- Maqsad — 3-5 yil ichida davlat sektorini to‘liq mahalliy IT mahsulotlariga o‘tkazish.
Kontekst
- Rossiyada davlat idoralari mahalliy dasturiy ta’minot reyestridagi softdan foydalanishga majbur.
- Xitoy 2010-yillardan boshlab xorijiy IT-mahsulotlarni mahalliy analoglar bilan faol almashtirib, bozorni rag‘batlantirmoqda.
- O‘zbekistonda dasturchilar uchun imtiyoz va subsidiyalar hozircha deyarli yo‘q.