Nega bu muhim
Bitim “O‘zBAT” aktivlariga bo‘lgan yuqori qiziqishni tasdiqlaydi va 855 million dollarlik bozor bahosini belgilaydi. Bu ilgari “Xalqchil IPO” dasturiga kiritilgan mamlakatdagi eng yirik nodavlat bizneslardan biridir.
Nima bo‘ldi
- 641 661 ta aksiya (2,6%) 269,8 mlrd so‘mga sotildi.
- Narxi — 1 dona aksiya uchun 420 395 so‘m.
- Kompaniyaning bozor kapitallashuvi taxminan 10,36 trillion so‘m yoki 855 million dollarni tashkil etadi.
- Dastlab ular ulushni 2023-yilda IPO orqali joylashtirmoqchi edi.
- 2024-yilda kompaniya foydaning 66 foizini (929,2 milliard so‘m) dividendlarga yo‘naltirdi.
- To‘lov har bir aksiya uchun 37 700 so‘mni tashkil etdi — joriy bahoga nisbatan 9% daromadlilik.
Mohiyat
“O‘zBAT” — British American Tobacco ishtirokidagi qo‘shma korxona. Kompaniya yuqori daromadli bo‘lishiga qaramay, IPO ro‘yxatidan chiqarildi. Birja orqali sotish O‘zbekistonda sifatli aktivlarga bo‘lgan talabni tasdiqlaydi.