Nima uchun bu muhim:
Islohotdan ko‘zlangan maqsad soliqqa tortishning adolatliligini ta’minlash, aktivlar hisobini avtomatlashtirish va bitimlar tuzishda mulk qiymatini sun’iy ravishda pasaytirishga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Nima bo’ldi:
- Prezident farmoni bilan ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi ishga tushirildi — 8 milliondan ortiq obyektlar (turar va noturar) va 7 millionga yaqin yer uchastkalari qamrab olindi.
- Metodika 2025-yil 14-iyulda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Kadastr agentligi huzuridagi Milliy markaz tomonidan baholanadi.
Amalga oshirish bosqichlari:
- 2025-2026-yillarda — Toshkent shahrida eksperiment,
- 2026-2027-yillarda — Nukus shahri va viloyat markazlari,
- 2027-yildan — qolgan hududlar.
- 2025-yil 1-noyabrga qadar “Bozor monitoringi” va “Ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirilishi kerak; yil yakuniga qadar — tajriba-sinov natijalari asosida soliq stavkalarini pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Nima deyishdi:
Soliq qo‘mitasi bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy narxini pasaytirish holatlari ko‘p uchrayotganini qayd etadi: 2000 ta holatda 1 mln so‘m/m (353 ming m2), 13,5 mingta bitimda — 3-5 mln so‘m/m (933 ming m2) ko‘rsatilgan. Toshkentda pardozlanmagan uy-joyning real narxi 300-400 dollar/metr, minimal narxi esa 500 dollar/metr bo‘lsa, mahalliy valyutada bu 3,3-3,4 million so‘m/kv. metrdan yuqori.
Mohiyat:
- Ommaviy baholash islohoti — kadastr tizimini raqamlashtirish va ko‘chmas mulkning shaffof bazasini yaratishning bir qismi.
- Bozor qiymatiga o‘tish soliq solishdagi subyektivizmni bartaraf etishi, bitimlarni osonlashtirishi va fiskal ko‘rsatkichlarni yaxshilashi kutilmoqda.
- Yangi mexanizm soliqlarni uyg‘unlashtiradi, suiiste’molchiliklarni kamaytiradi va O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.