Nega bu muhim
Sug‘urta sektori real iqtisodiyotda yanada ko‘zga ko‘rinarli sarmoyadorga aylanmoqda. Ko‘chmas mulk tomon siljish ko‘proq daromad keltiradigan va uzoq muddatli vositalarni izlashni aks ettiradi, bu esa aktivlar bozori va moliya institutlari strategiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nima bo‘ldi
O‘zbekistonda 34 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 6 tasi hayot sug‘urtasi sohasida;
portfellardagi depozitlar ulushi I chorakdagi 69 foizdan 61 foizgacha qisqardi;
ko‘chmas mulk ulushi 8% dan 19% gacha oshdi; qimmatli qog‘ozlar — 19% dan 17% gacha;
Umumiy sug‘urtada sug‘urta mukofotlari bo‘yicha Apex Insurance yetakchi bo‘ldi — 2 trln so‘m (+31,3%);
Hayot sug‘urtasida birinchi o‘rinni Apex Life insurance egallab turibdi 309,4 mlrd so‘m (+580,7%);
Amaldagi shartnomalar soni bo‘yicha My-Insurance yetakchilik qilmoqda — 1,3 mln (+42%).
Mohiyat:
2024-yilda O‘zbekiston sug‘urta sohasi islohotlar va yangi ishtirokchilarning kelishi fonida o‘sishni ko‘rsatdi. Mamlakatda xalqaro tartibga solish standartlari (IFRS 17, Solvency II) bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Sektor hali ham bank sektoriga nisbatan kichik — sug‘urtalovchilarning aktivlari YIMning 2 foizidan kamrog‘ini tashkil etadi.