Nega bu muhim
Yechim transchegaraviy sayohatlarni osonlashtiradi, sayyohlik va ishbilarmonlik oqimini kuchaytiradi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Nima bo‘ldi
- 10-avgust soat 6:00 dan boshlab ikkita nazorat-o‘tkazish punkti xalqaro maqomga ega bo‘ldi.
- Ruxsatnoma uchinchi davlat fuqarolari va yengil avtomobillar uchun amal qiladi.
- Qaror 2002-yilgi hukumatlararo kelishuv doirasida kelishilgan.
- 2025-yilda Tojikiston bilan chegaradan 631 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan.
Nima deyildi
“Ushbu punktlar orqali o‘tkazish doimiy ravishda amalga oshiriladi”, — dedi Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev.
Mohiyat
O‘zbekiston va Tojikistonda 17 ta nazorat-o‘tkazish punkti mavjud bo‘lib, ularning aksariyati 24 soatlik va xalqaro nazorat-o‘tkazish punktlaridir. 2025-yilning birinchi yarmida Tojikiston O‘zbekiston fuqarolari uchun Qirg‘iziston va Qozog‘istondan keyin uchinchi eng mashhur sayohat yo‘nalishiga aylandi.