Nima uchun bu muhim:
Bu fiskal xarajatlarning o‘sishi fonida real daromadlarning o‘sishi va ijtimoiy himoyaning kuchayishini anglatadi. Strategiyada davlatning ustuvorligi — aholining xarid qobiliyatini saqlab qolish qayd etilgan.
Nima bo’ldi:
- 2026–2028-yillarda to‘lovlarni inflyatsiya darajasidan yuqori indeksatsiya qilish rejalashtirilgan;
- Avvalgi strategiyada (2027-yilgacha) inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilish nazarda tutilgan edi;
- Ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar 2028-yilgacha saqlanib qoladi, lekin cheklangan — faqat 30 yoshgacha bo‘lgan va 3 mln so‘mdan yuqori maosh oladigan xodimlar uchun;
- Pensiya jamg‘armasiga transfertlar 20 trln so‘mdan (2025-yilda) 26 trln so‘mga (2028-yilda) oshadi, bu 2023-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p;
- Ish haqining 1 foizga oshishi 1,67 trln so‘m, pensiyalar — 861 mlrd so‘m, nafaqa oluvchilar sonining 10 foizga oshishi — +1,6 trln so‘m xarajatlarni talab qiladi.
Mohiyat:
O‘zbekiston barqarorlikka e’tibor qaratgan holda byudjet va soliq tizimlarini isloh qilmoqda — xarajatlar o‘sib bormoqda, ammo ular bilan birga imtiyozlar nazorati ham kuchaymoqda. Asosiy muammo — Pensiya jamg‘armasiga yuqori dotatsiyalar sharoitida fiskal intizom va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanat.