Nega bu muhim
Ustun mavqe bozordagi raqobatni cheklaydi, lekin kompaniyalarga alohida vakolatlar va mas’uliyat beradi. Shuningdek, ayrim sohalarni tartibga solishda davlatning rolini kuchaytiradi.
Nima bo‘ldi
- Ro‘yxatga 29 ta monopol yoki eksklyuziv funksiyalarga ega kompaniya kiritilgan.
- Ular orasida davlat tizimlari, markirovkalash, sug‘urta va IT infratuzilmasi operatorlari bor.
Asosiy misollar:
- CRPT Turon (Digital Holding) — Asl Belgisi markirovkasining eksklyuziv operatori
- Uzinfocom — sog‘liqni saqlashning raqamli platformasi
- Unicon Soft — Ijro.uz va E-huquqshunos tizimlarini boshqaradi
- Soliq-servis — tax free operatori
- Sharq — xizmat guvohnomalarini chop etish bo‘yicha monopolist
- To‘palang HPD Holding — “O‘zbekgidroenergo” loyihalari uchun eksklyuziv
- “O‘zagrosug‘urta” — sudyalarni davlat tomonidan majburiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sug‘urtalovchi
Mohiyat
- “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun mutlaq huquqlar mavjud bo‘lganda ustun mavqega yo‘l qo‘yadi.
- Avvalroq Qo‘mita davlat sektorini qisqartirish va monopoliyaga qarshi nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qilgandi.
- Kompaniyalarning bir qismi davlat tuzilmalari yoki ularning sobiq rahbarlari bilan bog‘liq.