Nega bu muhim
Narxlarning oshishi millionlab avtomobil egalariga ta’sir qiladi. Yonilg‘i narxining oshishi transport xizmatlari va oziq-ovqat narxlariga ta’sir qilishi mumkin.
Tafsilotlar
- Narxlarning oshishi Carvon (sobiq UNG Petro) tarmog‘idagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida qayd etilgan.
- AI-80 benzini O‘zbekistonda eng ommaviy yoqilg‘i turi bo‘lib qolmoqda.
- Narxlarning oshishi Rossiyaning avgust oyi oxirigacha benzin eksportini taqiqlash qaroriga to‘g‘ri keldi.
- “O‘zbekneftgaz”ning 2026-yildan boshlab AI-80 ishlab chiqarishni to‘xtatish niyati haqidagi bayonoti qo‘shimcha bosim omili bo‘ldi.
Mohiyat
2023-yil iyul oyida hukumat AI-80 narxining yuqori chegarasini bekor qildi va narxni bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda shakllantirish imkonini berdi. Mintaqaga eng yirik benzin yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan Rossiya ichki bozorni barqarorlashtirish uchun eksportga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. O‘zbekistonda AI-80 birinchi navbatda eski rusumdagi avtomobil egalari tomonidan iste’mol qilinadi, bu esa uni aholining keng qatlamlari uchun strategik ahamiyatga ega yoqilg‘i turiga aylantiradi.