Nega bu muhim
Zararning o‘sishi muammoning ko‘lamini va byudjetga bosimni aks ettiradi. Mahkumlar sonining ko‘payishi — korrupsiyaga qarshi kurash amaliyoti kuchayishining, shu bilan birga, jinoyatlarning ko‘payishining belgisidir. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari korrupsiyaga nisbatan zaif bo‘lib qolmoqda.
Nima bo‘ldi
- 4 649 ta korrupsiyaviy jinoyatlar (+12,6 foiz) qayd etilgan.
- Asosiy moddalar: o‘zlashtirish va rastrata qilish (4 189 ta ish), firibgarlik (1 191 ta), poraxo‘rlik.
- Zarar 2023-yilga nisbatan qariyb ikki baravarga oshgan.
- Eng katta yo‘qotishlar — Andijon (680 mlrd so‘m), Toshkent (332 mlrd) va Namangan (308 mlrd) viloyatlarida.
- Mahkumlar sonining eng yuqori o‘sishi: Samarqand viloyati (+73%), Qoraqalpog‘iston (+52%), Toshkent (+31%).
- Ta’lim sohasida 654 kishi (+38%), sog‘liqni saqlash sohasida 342 kishi (+14%) sudlangan.
- Sudlanganlar sonining kamayishi bank sohasida va mahalliy hokimiyat organlarida qayd etilgan.
Mohiyat
Rasmiylar korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirdi, ammo ma’lumotlar tizimli muammo saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Avvalroq hukumat sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida raqamli nazorat mexanizmlari ishga tushirilishini e’lon qilgandi. Korrupsiya jinoyatlari investitsiyalar va institutlarga bo‘lgan ishonch uchun to‘siq bo‘lib qolmoqda.