Nega bu muhim
Dollarning so‘mga nisbatan zaiflashishi odatda importchilarning xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va inflyatsiya bosimini pasaytirishi mumkin. Shuningdek, bu valyuta taklifi talabdan oshib ketgani yoki chet el valyutasi oqimi kuzatilayotgani haqidagi signaldir.
Nima bo‘ldi
Kurs 12 400 so‘mdan pastladi. Boshqa asosiy valyutalar kursi ham pasaytirildi:
- Yevro — 14 425,01 so‘m (−32,76);
- Rossiya rubli — 153,13 so‘m (−1,17);
- Xitoy yuani — 1 731,92 som (−6,35);
- Qozoq tengesi — 22,91 so‘m (−0,10).
Mohiyat
Avgust oyi oxiri va sentyabr oyi boshida dollar 12 382-12 480 so‘m oralig‘ida sotilmoqda. Gap pul-kredit siyosatining barqarorlashuvi va valyuta zaxiralarining ehtimoliy o‘sishi fonida so‘mning bosqichma-bosqich mustahkamlanishi haqida bormoqda.