Nima uchun bu muhim:
Kursning oshishi import narxlariga bosimni kuchaytirmoqda va inflyatsiyani tezlashtirishi mumkin. So‘m zaiflashuvining ikkinchi to‘lqini — biznes va iste’molchilar uchun signal.
Nima bo’ldi:
- Dollar kursi 12 704,02 so‘mgacha ko‘tarildi (+100,50).
- Yevro — 14 871,33 (+194,53), funt — 17 144,07 (+182,25), yuan — 1 770,47 (+14,25).
- Rubl va tenge ham biroz qimmatlashdi.
- Ikki kun ichida dollar deyarli 0,8 foizga mustahkamlandi.
- Markaziy bank stavkasi 14 foiz darajasida qolmoqda, intervensiyalar qayd etilmagan.
Nima deyishdi:
Moliyaviy tahlilchilar dollarning mustahkamlanishini global o‘zgaruvchanlik va AQShda pul-kredit siyosatining kuchayishi kutilmalari bilan bog‘lamoqda.
Mohiyat:
Iyul oyida dollarning so‘mga nisbatan kursi 12,6 mingdan pastlagandi. Hozir burilish kuzatilmoqda. Shunga o‘xshash tendensiya mart oyida ham kuzatilgan — o‘shanda Markaziy bankning bir qator intervensiyalaridan so‘ng o‘sish barqarorlashuv bilan almashgandi.