Nega bu muhim
Kursning oshishi importga bosimni kuchaytiradi va ichki bozorda tovarlarning qimmatlashishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar va byudjet ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi.
Nima bo‘ldi
- Dollar kursi 12 692,42 so‘mdan 12 725,16 so‘mgacha ko‘tarildi;
- Bir oy ichida dollar 150 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlandi.
Mohiyat
Markaziy bank har kuni rasmiy kursni e’lon qiladi. U buxgalteriya, bojxona hisob-kitoblari va davlat statistikasi uchun ishlatiladi. Tijorat kursi farq qilishi mumkin — banklararo kursda dollar 12 800 so‘mdan yuqori narxda sotilmoqda.