Nima bo‘ldi
Markaziy bank 19-avgust kuni uchun xorijiy valyutalarning yangi qiymatini belgiladi — dollar 50 so‘mga, yevro qariyb 70 so‘mga arzonlashdi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 12 497,19 so‘mga, 1 yevro 14 597,97 so‘mga tushgan.
O‘zgarishlar boshqa valyutalarga ham ta’sir ko‘rsatdi:
- Funt sterling — 16 921,20 so‘m (-89,28);
- Rossiya rubli — 155,71 so‘m (-1,31);
- Xitoy yuani — 1 740,99 so‘m (-6,85);
- Yapon iyenasi — 84,78 so‘m (-0,64);
- Qozoq tengesi – 23,16 so‘m (+0,01).
Mohiyat
So‘m ketma-ket ikkinchi kun mustahkamlanmoqda. Ertalab Frank.uz kurs 52-53 so‘m oralig‘ida pasayishini prognoz qilgan edi. Haqiqiy pasayish bizning taxminlarimizga yaqin bo‘lib chiqdi, bu tahririyat tahlilining aniqligini yana bir bor tasdiqlaydi.