Nima uchun bu muhim:
Kursning o‘zgarishi narxlar, import, jamg‘arma va kundalik to‘lovlarga ta’sir qiladi. Kichik o‘zgarish ham talab va valyuta bozoriga bosim ko‘rsatkichidir.
Nima bo’ldi:
- 15-iyuldan 21-iyulgacha dollar kursi 79,98 so‘mga pastlab, 12 578,21 so‘mni tashkil qilgandi;
- 22-iyul holatiga 18-19 so‘mga o‘sish prognoz qilinmoqda;
- Kutilayotgan kurs: $1 uchun 12 596-12 597 so‘m atrofida;
- Valyutaga bo‘lgan talabning saqlanib qolishi va mavsumiy omillar fonida.
Nima deyishdi:
Ekspertlarning fikricha, o‘sish vaqtinchalik bo‘lishi mumkin va tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, kuzgi importga tayyorgarlik va qisman sayyohlar faolligi bilan bog‘liq.
Mohiyat:
O‘zbekiston Markaziy banki inflyatsion targetlash va suzuvchi kurs rejimiga o‘tdi, shuning uchun dollar bozor signallariga javob bermoqda. Haftasiga 20-30 so‘mdan oshmasligi 2023-yildan boshlab me’yor hisoblanadi.