Nega bu muhim
Mediananing pasayishi mehnat bozori tuzilmasining o‘zgarishi haqida signal beradi: ommaviy, kam haq to‘lanadigan bo‘sh ish o‘rinlari ulushi ortib bormoqda, daromadli sohalarda taklif qisqarmoqda. Bu aholi daromadi, iste’mol talabi va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatadi.
Nima bo‘ldi
- Chorak davomida jami 33 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari joylashtirildi, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish +24 foizni tashkil etdi.
- Toshkent shahri bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari ulushi 81,9 foizgacha kamaydi (bir yil avval 90 foiz edi).
- Jizzaxda bo‘sh ish o‘rinlari soni 1,5 barobarga, Namanganda 49 foizga, Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqandda +40 foizga oshgan.
- Shu bilan birga, poytaxt bo‘yicha mediana — 5,083 million so‘m, deyarli 41 foizga kamaydi.
Hududlarda:
- Navoiy – mediana ikki baravardan ko‘proq tushdi
- Qarshi – 92,3 foizga pasayish
- Chirchiq – 21,6%;
- Andijon – o‘sish +25 foiz
- Samarqand va Farg‘ona – +2,7%;
Sohalar bo‘yicha:
- Top-menejerlar – 8,94 mln (−13,7%)
- Yuristlar – 6,5 mln (−21%)
- Avtobiznes – 6,48 mln
- Qishloq xo‘jaligi – 6,16 mln (pasayishsiz)
- Investitsiyalar / konsalting – 5,44 mln
- Xavfsizlik – 1,59 mln (ikki baravar kam)
- Sug‘urta – 2,36 mln (−62%)
- IT — 4,35 mln
- Ma’muriy xodimlar – 3,13 mln (−72,6%)
- Qurilish — 4,099 mln (−62,5 %)
- Moliya / buxgalteriya – 5,02 mln (−47,7%)
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida o‘rtacha nominal ish haqi 5,98 million so‘mni tashkil etdi, bu yillik me’yordan 17,2 foizga ko‘pdir. Toshkent shahrida — 10 mln so‘mdan yuqori.
Mohiyat
2024-yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, taklif etilayotgan o‘rtacha ish haqi 6 378 457 so‘mni tashkil etdi (yillik o‘sish +16%). 2025-yilning I choragida hh.uz’dagi mediana 5,914,579 so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga yuqori.
O‘rtacha nominal ish haqi o‘sib bormoqda, ammo bu o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, bo‘sh ish o‘rinlari tarkibining o‘zgarishini aks ettirmaydi. Ish o‘rinlari taklifining oshishi ortidan har doim ham sifat va haq to‘lashning yaxshilanishi kelavermaydi — bozor kam haq to‘lanadigan pozitsiyalar bilan to‘yinadi.