Nima bo‘lyapti
- 1 gramm oltin endi 1 510 660 so‘m (kuniga +0,36%).
- 5 grammlik quyma 7,553 million so‘mga baholanmoqda, bu avvalgi rekorddan 22 ming so‘mga ko‘p.
- 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda oltin narxi 33,4 foizga, yil davomida esa 38,3 foizga oshdi.
Jahon bozori
- COMEX birjasida unsiya narxi 3688,51 dollarga yetdi.
- Joriy spot narxi bir unsiya uchun $3681 (gramm uchun $118,35).
- Yil davomida dunyoda oltin 44 foizga qimmatlashdi.
Mohiyat
Markaziy bank aholiga oltin tangalarni 2018-yildan, quymalarni 2020-yildan buyon sotmoqda. Fuqarolarga qoidalarga rioya qilgan holda oltinni chet elga olib chiqishga ruxsat berildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil sentyabr oyiga kelib o‘zbekistonliklarda 255 kg o‘lchovli quymalar mavjud bo‘lib, ko‘pincha 10 grammlik quymalar sotib olingan. Oltinga ega bo‘lish dollardagi jamg‘armalarga muqobil va investitsiya vositasi sifatida qaraladi.