Nima uchun bu muhim:
Iqtisodiyotda pulning keskin o‘sishi — likvidlik va kredit faolligining oshishi haqidagi signaldir. Bu inflyatsiyani tezlashtirishi va Markaziy bankning monetar siyosatiga ta’sir qilishi mumkin.
Nima bo’ldi:
- Pul massasining milliy qismi 10,6 trln. so‘mga oshib, qariyb 250 trln. so‘mga yetdi.
- Muomaladagi naqd pullar 3,9 trln. so‘mga oshib, 59,1 trln.
- Markaziy bankdan tashqari naqd pul — 70,3 trln (+4,1 trln bir oyda).
- Korrespondentlik va ishonch hisobvaraqlaridagi qoldiqlar — 22,6 trln.
- Pul massasining o‘sishi fevral oyidan buyon bir oy ham to‘xtamasdan davom etmoqda.
Nima deyishdi:
Ekspertlar buni faol bank krediti va xarajatlarning o‘sishi bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Bunday sharoitda inflyatsion bosimning kuchayish xavfi saqlanib qolmoqda – Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz darajasida saqlanib qolmoqda.
Mohiyat:
2024-yilda pul massasi 30 foizga — 212 trln so‘mdan 277 trln so‘mgacha o‘sdi. Markaziy bank statistikasi iqtisodiyotning joriy holatining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, pauzadan so‘ng hisobotlarni e’lon qilishning qayta tiklanishini shaffoflik sari qo‘yilgan qadam sifatida qabul qilish mumkin.