Nega bu muhim
Pul massasining keskin o‘sishi inflyatsiya bosimini kuchaytirishi mumkin. Muomaladagi naqd pulning ko‘payishi — aholi xulq-atvoridagi o‘zgarishlar va bank xizmatlariga bo‘lgan talab haqida signal.
Likvidlik tarkibining o‘zgarishi so‘mning mustahkamlanishi va valyuta bozoridagi kayfiyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Asosiy faktlar
- Iqtisodiyotdagi pul massasining umumiy hajmi 1-sentyabr holatiga 324,35 trln so‘mni tashkil etdi.
- Avgust oyida u 8,6 trln so‘mga oshdi.
- Milliy valyutadagi o‘sish 9,5 trln so‘mni tashkil etdi, xorijiy valyutadagi depozitlar esa 893 mlrd so‘mga kamaydi.
- Muomaladagi naqd pullar hajmi 1,9 trln so‘mga oshib, 61,7 trln.
Mohiyat
- So‘mning dollarga nisbatan mustahkamlanishi yil boshidan buyon 3,4 foiz atrofida bo‘ldi — avgust oyining o‘zida kurs 109 so‘mga pasaydi.
- Pul massasining o‘sishi iste’mol faolligining kengayishi va o‘quv mavsumiga tayyorgarlik bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
- Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga inflyatsion xatarlarni kamaytirish uchun kurs tebranishlariga yo‘l qo‘yishni va pul bazasining o‘sishini nazorat qilishni tavsiya qilgan edi.