Yangiliklar ·

O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya 13,4 foizgacha sekinlashdi — Toshkent aholisi eng ko‘p shikoyat qilmoqda

Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, iyun oyida aholi orasida sezilgan inflyatsiya 13,4 foizni tashkil etib, may oyiga nisbatan sekinlashdi. So‘rovnomada 3 282 kishi ishtirok etdi.

Nima uchun bu muhim:

Sezilayotgan inflyasiya narxlarning fuqarolar tomonidan real qabul qilinishini ko‘rsatadi — ko‘pincha rasmiy narxdan yuqori bo‘ladi. Toshkent shahrida 14,3% darajasida qayd etildi — bu hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich, eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida (11,5%) kuzatildi.

Asosiy faktlar:

  • Asosiy “inflyatsion” tovarlar — go‘sht va sut (53%), gaz va elektr energiyasi (37%), benzin va yoqilg‘i (31%).
  • Daromadi 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarida sezilgan inflyatsiya sezilarli darajada yuqori — 16,5 foizgacha.
  • Faoliyat turlari bo‘yicha narxlar o‘sishini sanoat va qurilishda band bo‘lganlar eng ko‘p, turizm sohasi vakillari eng kam his qilmoqda.

Kontekst:

Markaziy bank rasmiy inflyatsiya bilan parallel ravishda “sezilayotgan” inflyatsiyani kuzatib bormoqda — raqamlar o‘rtasidagi tafovut an’anaviy ravishda saqlanib qolmoqda. Uy xo‘jaliklari uchun asosiy xizmatlar va mahsulotlar narxining oshishi muhimroq.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

18+