Yangiliklar ·

O‘zbekistondan gaz eksporti 50 foizga oshdi, import kamaydi

2025-yilning birinchi yarmida gaz eksporti 354,9 million dollarga yetdi, import esa 571,8 million dollargacha kamaydi. Shunga o‘xshash qisqarishlar neft va benzinda kuzatilmoqda, elektr energiyasi va ko‘mir savdosi esa turli yo‘nalishdagi dinamikani ko‘rsatmoqda.

Nima uchun bu muhim:

Importning qisqarishi va eksportning o‘sishi muvozanatni o‘zgartirib, energiyaga qaramlikni kamaytiradi va O‘zbekistonning eksportchi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi. Bu valyuta zaxiralariga turtki beradi va davom etayotgan islohotlar fonida savdo balansini yaxshilaydi.

Nima bo’ldi:

  • Gaz: eksport — $354,9 mln (+50,5 foiz), import — $571,8 mln (-30 foiz), importning deyarli yarmi iyun oyiga to‘g‘ri keldi — $286,3 mln.
  • Gaz ishlab chiqarish 3,1 foizga (21,7 mlrd kub.m) kamaydi.
  • Neft va neft mahsulotlari importi — 1,02 mlrd dollar (-9,3 foiz); benzin — 815,8 mln dollar (-3,1 foiz); neft mahsulotlari eksporti — 277,4 mln dollar (-1,9 foiz).
  • Ko‘mir importi — $89,3 mln (+5,7 foiz), elektr energiyasi importi — $65,3 mln (-17,2 foiz), elektr energiyasi eksporti — $100,6 mln (+52,5 foiz).

Nima deyishdi:

Milliy statistika qo‘mitasi ta’kidlashicha, energiya balansidagi o‘zgarish talab tuzilmasi, narxlar va logistika to‘siqlariga bevosita javobdir.

Mohiyat:

  • Yanvar-may oylarida Xitoyga gaz eksporti 63 foizga ($288 mln) oshdi.
  • Gaz qazib olish pasayishda davom etmoqda (yanvar-may oylarida -2,9 foiz), bu kelajakda balansni cheklashi mumkin.
  • O‘zbekistonning tashqi savdosi 6 oyda $37 mlrdni (+16%) tashkil etdi, energiya resurslari — muhim kategoriya.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+