Nega bu muhim
Sug‘urta hajmining o‘sishi moliyaviy savodxonlik, bozorga bo‘lgan ishonchning oshishi va sug‘urtaning iqtisodiyotdagi rolining kuchayishidan dalolat beradi.
Nima bo‘ldi
- Sug‘urta xizmatlarining umumiy hajmi: 7,7 trln so‘m
- O‘tgan yilga nisbatan 1,7 trln so‘mga o‘sish
- Eng katta hissa: mol-mulk, avtomobil, yuklar, baxtsiz hodisalarni sug‘urtalash — 81 foiz
- Qayta sug‘urta qilish — 13,9%, hayotni sug‘urta qilish — 5,1%
Mohiyat
2025-yilning birinchi yarmida sug‘urta mukofotlari 46 foizga o‘sib, 6,23 trillion so‘mni tashkil etdi. Hayot sug‘urtasi hozircha bozorning chekkasida qolmoqda.
Hukumat qonunchilik, raqamlashtirish va InsurTech`ni qo‘llab-quvvatlash orqali sohani rivojlantirishni rag‘batlantirmoqda.