Nima uchun bu muhim:
Bu chet elda valyuta daromadi, to‘liq ta’minot va shaffof shartlar bilan ishlash uchun yangi qonuniy imkoniyatdir. Yoshlar va ingliz tilida so‘zlashuvchi mutaxassislar uchun ayniqsa muhim.
Nima bo’ldi:
- Kouzon korporatsiyasi bilan memorandum imzolandi (bozorda 28 yil, 18 mamlakatda taqdim etilgan);
- C1/D vizasini olish soddalashtirilmoqda — endi ish beruvchi tomonidan 45-90 kun oldin rasmiylashtiriladi;
- Shartnoma — 6 oyga, keyin 2 oylik ta’til va uzaytirish imkoniyati;
- Boshlang‘ich maosh — $1200 dan $4000 gacha ko‘tarilishi mumkin;
- Yashash, ovqatlanish va bortdagi sharoitlar — kompaniya hisobidan;
- Kruizlar — O‘rta yer dengizi, Boltiqbo‘yi, Skandinaviya, Tinch okeani, Karib dengizi.
Nima deyishdi:
Migratsiya agentligining ta’kidlashicha, ingliz tilini bilish majburiy shart. Kompaniya har yili butun dunyo bo‘ylab 25 000 nafargacha mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi.
Mohiyat:
O‘zbekiston mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirmoqda. Ilgari qurilish va logistikaga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endi xizmat ko‘rsatish va turizm sohalariga e’tibor qaratildi. Bu qonuniy ishga joylashish kanallarini diversifikatsiya qilish strategiyasining bir qismidir.