Nega bu muhim
Ma’lumotlar mamlakatning investitsion faolligida tashqi moliyalashtirishning ustunlik rolini tasdiqlaydi. Xitoyning xorijiy investitsiyalar tarkibida yetakchilik qilishi uni O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy sherigi sifatida mustahkamlaydi.
Nima bo‘ldi
- Jami investitsiyalar hajmi — 273,4 trln so‘m;
- Xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi — 71,5%.
Xorijiy investitsiyalarning asosiy manbalari:
- Xitoy — 36,2%;
- Rossiya — 8,4%;
- Turkiya — 8,1%;
- BAA — 4,1%;
- Germaniya — 3,7%;
- Saudiya Arabistoni — 3,1%.
Mohiyat
- 2024-yilda ham xorijiy investitsiyalar ulushi 70 foizdan oshdi, biroq yetakchi mamlakatlar tarkibi yirik loyihalarga qarab o‘zgarib bordi;
- Xitoy ulushining o‘sishi “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi infratuzilma va energetika loyihalari bilan bog‘liq;
- Rossiya va Turkiyaning ulushi sanoat, qurilish va energetikadagi faollikni aks ettiradi.