Nega bu muhim
Uchastka poytaxtni transport modernizatsiyasining sinov hududiga aylandi. BRT tizimi avtobuslar harakatini tezlashtirdi, avariyalarni kamaytirdi va aqlli transport ekotizimiga o‘tish ramziga aylandi.
Nima bo‘ldi
- Mirobod va Choshtepa ko‘chalari oralig‘idagi 7 kilometr qismi rekonstruksiya qilingan;
- Harakat 10 ta bo‘lakda tashkil etilgan: 6 — avtomobillar uchun, 2 — avtobuslar uchun, 2 — avtoturargoh uchun;
- Loyiha qiymati: $19,2 mln;
- Yo‘lovchilar oqimi soatiga 2,5 ming kishidan 6 ming kishiga oshdi;
- O‘tkazish qobiliyati kuniga 40 ming avtomobilga yetdi;
- O‘rtacha harakat tezligi 23 km/soatdan 30 km/soatgacha oshirildi;
- 21 ta avtobus bekati va 463 ta “aqlli” svetofor o‘rnatildi;
- Aqlli transport tizimi joriy etildi, avtoturargohlar, veloyo‘laklar va drenaj tizimlari yaratildi;
- BRT tarmog‘ini kengaytirish, poytaxtimiz atrofida transport bog‘lamalari tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi.
Nima deyildi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkentni bog‘lash nuqtai nazaridan transport sohasini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.