Nega bu muhim
Yangi yo‘nalish Markaziy Osiyo ichidagi aviaaloqani mustahkamlaydi, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu Prezident To‘qayevning mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish strategiyasining bir qismidir.
Nimalar ma’lum
- Ostonadan jo‘nab ketish 10:30 da, Samarqandga kelish 13:30 da.
- Qaytish reysi: Samarqanddan uchish soat 14:20 da, Ostonaga yetib kelish — soat 17:25 da.
- “Bir tomonga” chipta narxi 41 494 tengedan boshlanadi.
- 10-noyabrdan boshlab Qazaq Air ham Ostona va Bishkek o‘rtasida haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari parvozlarni boshlaydi.
- Kompaniyaning ta’kidlashicha, Ostona, Samarqand va Bishkek o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar “yo‘lovchilar uchun qulaylikni oshiradi hamda ishbilarmonlik, turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi”.
Mohiyat
Qazaq Air “Samruk-Kazyna” investitsiya fondi strategik ulushini sotib olgandan va VietJet bilan hamkorlik qilgandan so‘ng allaqachon Vietjet Qazaqstan brendi ostida faoliyat yuritmoqda. 2024-yil bahorida “O‘zaviatsiya” aviakompaniyalarga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.
Mintaqada hozirda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi havo yo‘nalishlarini kengaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda.